Asosiy qismga oʻtish

Taʼlim uchun AI platforma

Oʻqituvchi va talaba uchun –
hammasi bir joyda.

Darsga tayyorgarlik, oʻquv ishlari va interaktiv oʻyinlar – Edulabs AI bilan bir necha daqiqada. Mavzuni yozing, qolganini AI bajaradi.

Dars mavzusini yozing

Rasmlardagi slayd, sahifa va oʻyinlar – namuna.

6 284+
oʻqituvchi va talaba Edulabs AI’dan foydalanmoqda
7 ta oʻyin
sinf doskasida jamoa boʻlib oʻynash uchun
Tayyor fayl
Word, PowerPoint va PDF
Bir necha daqiqa
mavzudan tayyor natijagacha
  • Dars uchun taqdimot✦
  • Interaktiv oʻyinlar✦
  • Viktorina✦
  • Arqon tortish✦
  • Referat✦
  • Mustaqil ish✦
  • Kurs ishi✦
  • Omad charxi✦
  • Ilmiy maqola✦
  • Himoya taqdimoti✦

Kimlar uchun

Oʻqituvchiga ham, talabaga ham.

Edulabs AI ikki ishni yaxshi biladi: darsni tayyorlash va oʻquv ishini yozish.

Oʻqituvchilar uchun

Darsga tayyorgarlik – tez va oson

Har darsga taqdimot tayyorlashga vaqt ketyaptimi? Mavzuni yozing – taqdimot va oʻyin bir necha daqiqada tayyor boʻladi.

  • Dars uchun taqdimot – har bir slaydga maʼruza matni bilan
  • Darsni jonlantiradigan interaktiv oʻyinlar
  • Boshqa oʻqituvchilar yaratgan tayyor oʻyinlar
  • 1–11-sinf, barcha fanlar

Tez kunda: test va dars ishlanma

Darsga tayyorlanish

Talabalar uchun

Topshiriladigan ishlar – OTM talablari boʻyicha

Mavzuni yozing – Edulabs AI reja tuzadi, ishni yozadi va rasmiylashtiradi. Siz oʻqib chiqasiz, tuzatasiz va topshirasiz.

  • Referat, mustaqil ish va kurs ishi
  • Ilmiy maqola va bitiruv ishi
  • Himoya uchun taqdimot
  • Titul varagʻi, mundarija va adabiyotlar roʻyxati
Ish yozishni boshlash

Qanday ishlaydi

Uch qadam – va tayyor.

Oʻqituvchi ham, talaba ham bir xil yoʻldan boradi.

  1. 01

    Mavzuni yozing

    Nima kerakligini tanlang: taqdimot, oʻyin yoki oʻquv ishi. Tilni, sinfni yoki hajmni belgilang.

  2. 02

    Edulabs AI tayyorlaydi

    Avval reja yoki savollarni koʻrasiz va keraklisini oʻzgartirasiz. Keyin AI ishni oxirigacha yetkazadi.

  3. 03

    Foydalaning

    Oʻyinni doskada oching, taqdimotni darsda koʻrsating, ishni Word yoki PDF qilib yuklab oling.

Nega Edulabs AI

Oʻzbekiston maktablari va OTMlari uchun yaratilgan.

Tabiiy oʻzbek tilida

Lotin va kirill, rus va ingliz tillari. Matn tarjimaga oʻxshamaydi.

Maktab va OTM talablari

Titul varagʻi, mundarija va GOST 7.1 boʻyicha adabiyotlar. Savollar sinf va fanga mos.

Tayyor fayl

Word, PowerPoint va PDF – keyin ham bemalol tahrirlanadi.

Doska uchun oʻyinlar

Katta yozuv va tugmalar – interaktiv doska va proyektorda uzoqdan koʻrinadi.

Saytning oʻzida tahrirlash

Reja, matn va savollarni oʻzgartirasiz. AI belgilangan joyni qayta yozadi.

Telegramda ham

Oʻsha ish Telegram-botda tugmalar bilan – tayyor fayl toʻgʻridan-toʻgʻri chatga keladi.

Narxlar

Bitta ish yoki paket. Qanday qulay boʻlsa.

Bitta ish uchun alohida toʻlang yoki muntazam foydalanish uchun Plus yoxud Pro paketini tanlang. Toʻlovni Click yoki Payme orqali amalga oshiring.

Bitta ish

Narx hajmga bogʻliq

  • Taqdimot5,000 soʻmdan
  • Referat9,000 soʻmdan
  • Mustaqil ish25,000 soʻmdan
  • Kurs ishi25,000 soʻmdan
  • Ilmiy maqola9,000 soʻmdan
  • Bitiruv ishi25,000 soʻmdan
Boshlash

Plus

Taqdimot va yozma ishlarni tez-tez tayyorlaydiganlar uchun

49,000 soʻm/ 30 kun

Boshlash
  • 30 kunga 2 500 token: taqdimot, referat, kurs ishi
  • Har qanday hajm – 30 slaydgacha, 100 betgacha
  • Internetdan tekshirilgan faktlar va manbalar
  • Har bir mavzuga mos rasmlar
  • Word, PowerPoint va PDF

Saytda va Telegram-botda toʻlov

Click, Payme yoki karta – Uzcard, Humo, Visa, Mastercard. Karta maʼlumotlari bizda saqlanmaydi.

  • Uzcard
  • Humo
  • Visa
  • Mastercard
  • Click
  • Payme

Narxlar soʻmda. Paket tokenlari – 30 kunlik byudjetingiz: ishga qanchasi ketishi uning hajmiga bogʻliq.

Savollar

Koʻp soʻraladigan
savollar.

Qisqacha

Edulabs AI ikki ogʻiz soʻzda

Bu nima
Taʼlim uchun AI platforma: taqdimot, oʻquv ishlari va interaktiv oʻyinlar
Kim uchun
Oʻqituvchilar, talabalar va magistrantlar
Natija
PowerPoint, Word, PDF va doskada oʻynaladigan oʻyinlar
Tillar
Oʻzbek (lotin va kirill), rus, ingliz
Narx
Bitta ish – 5,000 soʻmdan; 30 kunlik Plus va Pro paketlari
Toʻlov
Click, Payme, Uzcard va Humo
Qayerda
edulabs.uz va Telegram-bot

Edulabs AI nima?

Edulabs AI – taʼlim uchun AI platforma. Oʻqituvchilar darsga taqdimot va interaktiv oʻyin tayyorlaydi, talabalar referat, mustaqil ish, kurs ishi va maqola yozadi. Mavzuni yozasiz – natija bir necha daqiqada tayyor boʻladi.

Dars uchun oʻyinlar qanday ishlaydi?

Mavzu va sinfni yozasiz – Edulabs AI savollarni tuzadi. Bitta savollar toʻplamini viktorina, arqon tortish, omad charxi, sirli qutilar va boshqa oʻyinlarda ochish mumkin. Savollarni oʻynashdan oldin koʻrib chiqasiz va oʻzgartirasiz.

Oʻyinni darsda qanday oʻynaymiz?

Oʻyinni interaktiv doska, proyektor yoki katta ekranda oching. Butun sinf birga javob beradi yoki sinf ikki jamoaga boʻlinadi – ballar va gʻolib ekranda koʻrinadi. Har bir savolga vaqt qoʻyish mumkin.

Tayyor oʻyinlar bormi?

Ha. Boshqa oʻqituvchilar yaratgan oʻyinlarni fan, sinf va til boʻyicha topasiz. Darhol oʻynashingiz yoki oʻzingizga nusxa olib, savollarini oʻzgartirishingiz mumkin.

Dars uchun taqdimot tayyorlash mumkinmi?

Ha. Dars mavzusini yozing – Edulabs AI koʻrgazmali taqdimot tayyorlaydi va har bir slaydga maʼruza matnini yozib beradi. Darsdan oldin istalgan joyini oʻzgartirasiz.

Kurs ishini AI yozib beradimi?

Ha. Edulabs AI reja tuzib, kirish, asosiy boblar, xulosa va takliflarni yozishga yordam beradi. Natijani titul varagʻi bilan Word fayli sifatida yuklab olasiz. Topshirishdan oldin matnni oʻqib chiqing va ilmiy rahbaringiz talablariga moslang.

Referat va mustaqil ish OTM talablariga mosmi?

Titul varagʻi, mundarija va adabiyotlar roʻyxati bor. Dastlab A4, Times New Roman 14 va 1,5 qator oraligʻi qoʻllanadi. Talablar kafedraga qarab farq qiladi. Oʻqituvchingiz bergan namunaga qarab sozlamalarni moslab oling.

Qaysi tillarda ishlaydi?

Oʻzbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida. Tilni har bir ish va oʻyin uchun alohida tanlaysiz.

Narxi qancha va qanday toʻlanadi?

Har bir ish uchun alohida toʻlash mumkin. Narx ishning hajmiga bogʻliq. Tez-tez foydalanadiganlar uchun Plus va Pro paketlari bor. Click yoki Payme orqali toʻlaysiz.

Ertangi darsga yoki topshiriladigan ishga –
hoziroq tayyorlaning.

Mavzuni yozing – taqdimot, oʻyin yoki oʻquv ishi bir necha daqiqada tayyor boʻladi.

Dars mavzusini yozing

Google orqali kirasiz – yozgan mavzuingiz saqlanadi.